Recent Posts

Sahifa: [1] 2 3 ... 10
2
Yosh ijodkor... / Diqqat! Hamma o'qisin!
« Oxirgi javob muallifi Matniyozbek. on June 06, 2017, 12:37:41 PM »
Mening ijodimga qiziquvchilar uchun ajoyib yangilik!!! Endilikda she'rlarimni android kitobcha shaklida ham o'qishingiz mumkin!!!

Marhamat, quyidagi manzildan yuklab oling va bahramand bo'ling:
3
Qiziqarli malumotlar / Re: Tarixchilar uchun Baxrubayt
« Oxirgi javob muallifi Mohinur Kamolova Nuriston on May 30, 2017, 11:18:08 AM »
Navarralik  Genrix
4
Fikr va Mulohaza / Adminstatorga taklif
« Oxirgi javob muallifi Matniyozbek. on April 22, 2017, 07:38:26 PM »
 Forum,  hech  kim  yozmayotgani  sababli,  huvillab  qolgan.
 Hurmatli  adminstrator,  forumni  "qayta  jonlantirish"  borasida  bir  nechta  takliflarim  bor.
- Yangi  bo`limlar  oching.  Shunday  qiziqarli  bo`limlar  bo`lsinki,  ularni  o`qigan  har  bir  foydalanuvchi  forumning  faol,  muntazam  o`z  fikrlarini  bildiruvchi  a`zosiga  aylansin.
- Forumga  kitoblarni  yuklab  olish  mumkin  bo`lgan  bo`lim  qo`shing. Ya`ni  u  bo`limga  kirib,  foydalanuvchi  kitoblarni  to`g`ridan-to`g`ri  yuklab  olsin. Eng  mashhur  va  hammaning  o`qigisi  keladigan  kitoblarni.
- Masalan,  yangiliklar  degan  bo`lim  oching. Unda  yangi  chiqqan  kitoblar,  yosh  ijodkorlar  haqida  yangiliklar  berib  boring.
 Va  hokazo  va  hokazo. Bu  bir  taklif,  bu  bir  maslahat.
 Haligi,  rasmiy  saytlar  bo`ladi-ku,  yillab  hech  narsa  yangilanmagan,  o`sha  saytlar  qatoriga  qo`shilib  bormoqda  bizning  sevimli  "forum.kitob.uz"imiz.
  Har  holda,  eski  foydalanuvchilar  kirishmasa,  yangi  a`zolar  aktiv  bo`lishsin!
  Xullas,  forum  yana  o`sha  gullab-yashnagan  damlarga  qaytsin,  tilagim  shu!!!
5
Fikr va Mulohaza / Hamma passiv!
« Oxirgi javob muallifi Matniyozbek. on April 22, 2017, 07:29:39 PM »
Forum.kitob.uz  ilk  ochilgan  kunlarda  foydalanuvchilar  juda  ko`p  yozishardi. Ammo  hozir  eng  "mashhur"  foydalanuvchilar  hammamiz  passivmiz. Nega   birdaniga  hammamiz  jimib  qoldik? O`sha, 2014-yildagi  fayz  qani?
Adminstratorimiz  forumni  jonlantirish  uchun  o`zlari  yangi  mavzular  ochibdilar, ammo  hech  kim  yozmadi. Nahot  Go`zal, Sardor, Zubayda, Musajon aka, Aziza  kabi  forumimizning  eng  aktiv  a`zolari  endi  yozishmaydi? O`sha  faolligimiz  qayerlarda  qolib  ketdi-a?
6
Yosh ijodkor... / Re: Matniyozbek
« Oxirgi javob muallifi Matniyozbek. on April 19, 2017, 03:03:55 PM »
Rahmat! Ijodkor uchun bundan ortiqroq baxt yo'q!
7
Qiziqarli malumotlar / Muhim sana
« Oxirgi javob muallifi kbolalar on April 12, 2017, 03:30:45 PM »
Salom forumdoshlar! Bugun qanday kun ekanini bilasizmi? Bugun odamlarning kosmosga birinchi marta parvoz qilgan kuni.

Kosmik Kema – kishilarning kosmosga parvoz qilishi uchun mo’jallangan apparat. 1967 yil 12 aprelda Yer sun'iy yo’ldoshlari orbitasiga chiqarilgan. “Vostok” kemasi birinchi Kosmik kemadir. Uning ichida kosmonavt-uchuvchi Y.A. Gagarin bo’lgan. Bundan tashqari “Vosxod”, “Soyuz”, “Merkuriy”, “Jemini”, “Apollon”, “Chellenjer” va boshqa Kosmik kemalar uchirilgan. Geotentrik orbita bo’yicha uchadigan Kosmik Kema yo’ldosh kema, odam va yuklarni orbital stansiyaga eltib beradigan Kosmik Kema transport kema, sayyora yoki uning yo’ldoshidan uchadigan uchib chiqish kemasi deyiladi.

Sizlarda bu muhim sana haqida ma'lumotlar bo'lsa bizlar bilan bo'lishing)))
8
Yosh ijodkor... / Re: Matniyozbek
« Oxirgi javob muallifi kbolalar on April 12, 2017, 12:46:13 PM »
Salom azizlar!!!
Matniyozbek yozgan she'rlaringiz juda yaxshi, Sizga zafarlar tilaymiz. Yana kimda she'r yozish qobiliyati bo'lsa marhamat biz bilan bo'lishing :)
9
Yosh ijodkor... / Re: Bolalar ijodidan
« Oxirgi javob muallifi kbolalar on April 12, 2017, 12:41:16 PM »
Forumimizning qadrli a'zolari!! :)
Bugun ham sizlar bilan Ilyosov Baurjon ismli o‘quvchimiz, yosh ijodkorimizning yaratgan she'rlari bilan bo'lishmoqchimiz. Marhamat qilib o'z fikrlaringizni bildirishingiz yoki ijod mahsulingiz bo'lsa bizga taqdim qilishingiz mumkin. Biz bundan bag'oyat hursand bo'lamiz. Kuningiz mazmunli o'tsin azizlar!!!

BAHOR VA YOZ

Erta bahor keladi
Daraxt gullab ketadi,
Shunda bog‘bon yozgacha
Ko‘chat ekib qo‘yadi.
Bahor faslida uchta
Oylar bo‘ladi, mart
Aprel bilan may
Ishga doim ular shay.
Ketidan yugurar yoz
Yomg‘ir yog‘ar juda oz,
Qorni atmasa ham bo‘lar
U juda uzoqda yurar.
Yoz faslida ta’tilga
O‘z vaqtida chiqamiz,
Ta’til chog‘larida bizlar
Maza qilib yuramiz.



SHAXMAT

Maktabga bordi Ozod
Unga dedi Shahzod,
Shaxmatga borasanmi?
Bir kun qolasanmi?
Ha maktbdan qatnayman
Dadamdan so‘ragayman,
Dadasi ruxsat berdi
Shu zaxot o‘ynashga ketdi.
10
Qiziqarli malumotlar / Siz azizlar uchun yangilik
« Oxirgi javob muallifi kbolalar on April 11, 2017, 03:40:06 PM »
Forumimizning Hurmatli a‘zolari!!! Sizlarga yaxshi kayfiyat tilab, bir yangiligimiz bilan bo‘lishmoqchimiz. Kutubxonamizda «Bolalar adabiyoti» nomli jurnalimiz mavjud bo‘lib, ushbu jurnalimiz bolalarga manzur bo‘ladigan ko‘p ma’lumotlarga boydir. Uning yana bir afzalligi shundaki, CD diskda MP3 ko‘rinishi ham chiqariladi.
Hozirda Telegram tarmog‘i ommalashgan davr, shuning uchun biz sizlarga yana bir qulaylik yaratish maqsadida Telegram tarmog‘ida @bolalar_adabiyoti nomi ostida jurnalimizning kanalini ochganmiz. Kanalimizga tashrif buyursangiz, jurnalga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Kanalimizda jurnalda chiqadigan ma’lumotlarning ham yozma, ham MP3 shaklini siz azizlar uchun har kun havola qilamiz.
Sahifa: [1] 2 3 ... 10