Ro'yxatdan o'tish shartlari

ESLATMA:

- A'zo bo'lish uchun shahsiy e-mailga ega bo'lishingiz shart.
- Kiritilgan e-mailga tastiqlovchi manzil yuboriladi va uni kiritishingiz shart.
- Shundan so'ngina forumning a'zosi hisoblanasiz.
 
TA’QIQLAYMIZ:

- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish ta’qiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.

TAVSIYA ETAMIZ:

- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratis maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida ta’qiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka roiya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar  forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.