Muallif Mavzu: Matniyozbek  (Read 100416 times)

Matniyozbek.

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 1237
  • Jonim, baxtli bo`l!
    • View Profile
Re: Matniyozbek
« Javob berish #780 on: March 07, 2017, 11:14:36 AM »
ORZULARDAN  SO`ZLAMA,  YURAK

Orzulardan so'zlama, yurak,
Unut endi orzularingni.
Armonlarga bosh egding axir,
Ko'mib o'lgan tuyg'ularingni.
Hech sog'inma. U kunlar o'tdi,
Endi sira qaytib kelmaydi.
Bevafolar doim bevafo,
Ular sening qadring bilmaydi.
So'zlamagin baxtli kunlardan,
Tirilmaydi tuyg'ular endi.
Sinding axir necha martalab,
Osmondadir orzular endi.
Qo'ling yetmas ularga hech ham,
O'tmish esa ko'ksingdagi dog'.
Qadrdoning - qadrsizingdan
Begonalar ming bor yaxshiroq.
Orzulardan so'zlama, yurak,
Hech sog'inma.
U kunlar o'tdi!

21.02.2017 17:44
Sening  baxting - mening  baxtim!

Matniyozbek.

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 1237
  • Jonim, baxtli bo`l!
    • View Profile
Re: Matniyozbek
« Javob berish #781 on: March 07, 2017, 11:18:46 AM »
GULIM - PINHONA SEVGIM!

Oshiq bo'ldim bir qizga,
Lek sevgimni aytmadim.
Taqdirimga o'sha qiz
Yozilgan deb o'yladim.
Yuraverdim indamay,
Izhor etmay sevgimni.
Ota-onam unimas,
Olib berar tengimni.
Qo'rqdim ota-onamdan,
Sevgim qoldi pinhona.
Deyolmadim: mening ham
Suyganim bor-ku, ona!
O'tdi yillar indamay,
Aytishga fursat kutdim.
Lekin kecha u haqda,
U haqda bir gap eshitdim...
Uni o'zga yigitga
Fotiha qilibdilar...
Ha, Gulini mengamas,
O'zgaga beribdilar!..
Armon degan shu ekan,
Pinhon sevgim armondur.
Endi seva olmayman,
Endi umrim hijrondur.
Guli, gulim, farishtam,
O'zgasiga yor bo'lding.
Lekin har dam, har lahza
Yuragimda bor bo'lding.
Armonim bo'lding, Guli,
Mening pinhona sevgim!..

00.00 28.02.2017
Sening  baxting - mening  baxtim!

kbolalar

  • Administrator
  • Full Member
  • *****
  • Post: 236
  • Doimo olg'a intil!!!
    • View Profile
Re: Matniyozbek
« Javob berish #782 on: April 12, 2017, 12:46:13 PM »
Salom azizlar!!!
Matniyozbek yozgan she'rlaringiz juda yaxshi, Sizga zafarlar tilaymiz. Yana kimda she'r yozish qobiliyati bo'lsa marhamat biz bilan bo'lishing :)
Doimo olg'a intil!!!

Matniyozbek.

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 1237
  • Jonim, baxtli bo`l!
    • View Profile
Re: Matniyozbek
« Javob berish #783 on: April 19, 2017, 03:03:55 PM »
Rahmat! Ijodkor uchun bundan ortiqroq baxt yo'q!
Sening  baxting - mening  baxtim!