Muallif Mavzu: Ijod Qirralari!  (Read 1517 times)

Dono

  • Newbie
  • *
  • Post: 15
    • View Profile
    • Ziyonet Tibbiy Portali
Ijod Qirralari!
« on: April 24, 2014, 03:29:48 PM »
      Ona
Olam ichra tanho, yagonasan sen
Har qanday qalbni zabt etolasan sen
Hayotning gavhari, durdonasan sen
So'zlarimdan ko'zing yoshlama yana
Ahir sen dunyoda bittasan ONA!

So'zlaringdan mehr balqiydi har on
Yuzlaring taftidan isiydi jahon
Senga boshin egar hattoki sulton
So'zlarimdan ko'zing yoshlama yana
Ahir sen dunyoda bittasan ONA!

Ko'zlarim mushtoqdir bu kun yo'lingga
Intizorman ''qizim'' degan so'zngga
Yuragim talpinar faqat o'zingga
So'zlarimdan ko'zing yoshlama yana
Ahir sen dunyoda bittasan ONA!

Tanqidiy fikrlar bildirishingiz mukin!
“It does not matter where you go and what you study, what matters most is what you share with yourself and the world.”

Musajon Muhammadjonov

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 845
  • Lexus 01 # 707 MA
    • View Profile
Re: Ijod Qirralari!
« Javob berish #1 on: April 24, 2014, 03:32:44 PM »
She'r o'zizzikimi ajoyib ekan
Bu dunyoda nima qisõ, õzuza uchn qilovz. Yaxshiligam yomonligam qaytguchi.

Dono

  • Newbie
  • *
  • Post: 15
    • View Profile
    • Ziyonet Tibbiy Portali
Re: Ijod Qirralari!
« Javob berish #2 on: April 25, 2014, 09:16:59 PM »
Ha o'zimiki she'r yozishni boshlaganimga ko'p vaqt bo'lmadi kamchiliklari bo'lishi mumkin
“It does not matter where you go and what you study, what matters most is what you share with yourself and the world.”

Dono

  • Newbie
  • *
  • Post: 15
    • View Profile
    • Ziyonet Tibbiy Portali
Re: Ijod Qirralari!
« Javob berish #3 on: December 03, 2016, 09:46:42 PM »
           SO'NGGi   NOMA
Sog'inchdan zor ko'nglim o'ksiganida
Mushtoq nigohlarim holim ko'rsayding
Kimlardir qalbimni og'ritganida
Qaniydi yonimda o'zing bo'lsayding

Surating hali ham yostiq ostida
Lekin qarashga hech botinolmayman
Bugun meni yana hayol bosdida
Hayollarimni hech jilovlolmayman

Seni so'rab qalbim qiynaganida
Bir bora ovozing tinglayolmayman
Qo'ng'iroq qilaman deymanu ammo
G'urur darvozasin buza olmayman

Yuragimdan yulib tashlayman seni
Lekin buni hecham uddalolmayman
Bugun so'nggi marta eslayman seni
Deymanu yodimdan o'chirolmayman

Vaqtni hamma dardga davo deydilar
Davoyim uzoq vaqt kuta olmayman
Iltimos eslama izlama  meni
Endi ko'zlaringga qaray olmayman

Otamga onamga va'da berganman
Sen bilan endi heech gaplasholmayman
Yuzlaring ko'zlaring ko'rgim kelsa ham
Mahkumman! Va'damni buza olmayman

Hamon senga mehrim yo'qolgani yo'q
Biroq dilda umid yo'qolib bo'ldi
So'nggi bor so'zlaring tinglaganimda
Eng katta tayanchim... ishonchim o'ldi

Balki baxtlidirsan mensiz hayotda
Bularni o'zingdan so'ray olmayman
So'zimdan ranjima unutgan bo'lsang
Sen bilan boshqa do'st bo'la olmayman

Meni ayblama shunga majburman
Balki seni qayta uchratolmasman
Bir kun kelib seni unutib qo'ysam
Ehtimol to'yimga ayta olmasman
“It does not matter where you go and what you study, what matters most is what you share with yourself and the world.”

Dono

  • Newbie
  • *
  • Post: 15
    • View Profile
    • Ziyonet Tibbiy Portali
Re: Ijod Qirralari!
« Javob berish #4 on: December 03, 2016, 09:49:10 PM »
Barcha forumdoshlarga salom!
“It does not matter where you go and what you study, what matters most is what you share with yourself and the world.”

Matniyozbek.

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 1224
  • Jonim, baxtli bo`l!
    • View Profile
Re: Ijod Qirralari!
« Javob berish #5 on: December 05, 2016, 09:03:16 AM »
Salom sizga ham, Dono! She`ringiz ajoyib!
Sening  baxting - mening  baxtim!