Muallif Mavzu: Ezgulikka chorlayver, Navro‘z!  (Read 17 times)

Zubayda

  • Hero Member
  • *****
  • Post: 518
    • View Profile
Ezgulikka chorlayver, Navro‘z!
« on: March 16, 2017, 04:48:28 PM »
             EZGULIKKA CHORLAYVER, NAVRO‘Z!
Mana, qishning qaxraton kunlari tugab, o‘z o‘rnini fasllar kelinchagi - ko‘klamoyga bo‘shatib berdi. Sharqona yangi yilning boshlanishidan darak beruvchi Navro‘zoy ham o‘lkamizga kirib kelish arafasida turibdi. Xalqimizning bir necha ming yillar davomida shakllanib kelgan milliy solnomasidagi muhim sanalar, bayramlar orasida Navro‘z o‘zida qadimiy urf-odat va ko‘plab an'ana-yu marosimlarimizni o‘zida jamlaganligi bilan alohida e'tiborga ega. Bu bayram insoniy fazilatlar bo‘lmish  mehr-sahovat, totuvlik, hamjihatlikda ish ko‘rish, birgalikda hasharga bel bog‘lash, qariyalar holidan xabar olish kabilarni o‘zida tarannum etishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. U yasharish kuni, tabiatning yashnashi, uyg‘onishning boshlanishidan darak beruvchi bayramdir.
 "Navro‘z" so‘zi o‘zbekchaga tarjima qilinganda, "nav"-"yangi", "ro‘z"-"kun", ya'ni "yangi kun"degan ma'noni bildiradi. Tarixiy ma'lumotlarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki Navro‘z juda qadimda, zardushtiylik paydo bo‘lishidan oldingi davrlarda shakllangan. Navro‘z haqidagi ma'lumotlar Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Umar Xayyom, Lutfiy, Navoiy asarlarida bayon etilgan.
Zamaxshariy vatanni bo‘lmish vohamiz Xorazm miloddan oldingi asrlarda Xvayrazam deb yuritilgan ekan. Ko‘p yillik izlanishlar natijasida shunday xulosaga kelinganki, Navro‘z bayrami ilk bor ana shu vohada, ona zaminimizda nishonlangan ekan. Hozirgi kungacha saqlanib kelingan"olov uy"lar buning isbotidir.
Odam Ato va Momo Havo uchrashgan kun Navro‘z deb tan olingan degan afsonalar ham mavjud.
Navro‘z tabiat  qonuni bo‘lmish kun va tunning tenglashishi, kunduzning uzaya borishi bilan bog‘liqdir.
Hech kimga sir emaski, sho‘ro davridagi ma'naviy tahdid milliy bayramimiz-Navro‘zga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Ming yillar davomida saqlanib kelingan bayramimiz yo‘qolib ketish arafasida qolgandi. Ammo mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz, dono yo‘lboshchimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov sa'y-harakatlari natijasida ma'naviy boyligimiz hisoblangan ushbu bayramimiz qayta tiklandi. Unga alohida e'tibor qaratildi, millatidan qat'iy nazar butun xalqimiz orasida keng nishonlanadigan Umumxalq bayrami darajasiga ko‘tarildi. Zero, ularning "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch" asarlarida ta'kidlanganidek " Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va  sahovatining, ko‘p ming yillik milliy  qiyofamiz, oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir. "
Birinchi Prezidentimiz ezgu ishlarining chin ma'noda davomchisi bo‘lgan yurtboshimiz Shavkat  Miromonovich ham bu yilgi bayramning nishonlanishiga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Ularning qarorlariga asosan bu yilgi bayram umumxalq sayillari shaklida nishonlanadigan, yanada ko‘plab xayriya tadbirlari amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Shu kunlarda bayramga tayyorgarlik ko‘rish ishlari avjida. Butun yurtimiz bo‘yicha hashalarning uyushtirilishi, ko‘chalar, mahallalar, shahar-u qishloqlarning obodonlashtirilishi, yangidan ko‘chatlar ekib yurtimizni ko‘kalamzorlashtirishi, keksalar holidan xabar olish va boshqa xayrli ishlar amalga  oshirilishi shular jumlasidandir. Shu kabi savob ishlarda bevosita ishtirok etayotgan biz yoshlar qalbida esa ona Vatanga, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimizga bo‘lgan muhabbat hissi yanada ortadi. Qalbimizda ezgu ishlarni qilish istagi jo‘sh uradi. Shunday ekan, bu kabi bayramlarimiz, odat-u udumlarimiz hech qachon yo‘qolmaydi. Yillar to‘zonida zavol topmaydi. Bunday xayrli ishlar hali ko‘p davom etadi.   
                                                                                                                                Bayjonova Zubayda
Bilmaganni so'rab o'rgangan-olim...